Maktab tarixi

Xovos Tumani 2-Maktab Tarixi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 2-maktab: bilim maskanining qisqacha tarixi 2000-yil... Mustaqillikning ilk yillari, yangi asrning ilk kunlari. Aynan shu yili Xovos zaminida yana bir bilim dargohi – 2-maktab o‘z eshigini quyoshdek nurli, iymondex ziyoli avlodga ochdi. Dastlabki o‘qituvchilarning jonkuyarligi, birinchi sinf o‘quvchilarining musaffo tabassumlari bilan yo‘lga qo‘yilgan maktab yillar davomida tuman ta’lim tizimining tayanch maskanlaridan biriga aylandi. Ayni kunda maktabda 300 nafardan ortiq o‘quvchi zamonaviy bilimlar asosida tarbiyalanmoqda. Ular nafaqat darsliklarni o‘zlashtirmoq, balki milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, maktab nomini munosib tarzda yuksak darajalarga ko‘tarmoqda. Maktabning bugungi kundagi yetakchisi – tajribali pedagog va tashkilotchi Mavlyanov To‘raqul Tojiqulovichdir. Uning rahbarligi ostida maktabda ta’lim sifati yanada yaxshilanib, zamonaviy metodlar joriy etilmoqda, o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi tobora kuchaymoqda. Xovos tumani 2-maktab – bu shunchaki ta’lim maskani emas, balki yuzlab istiqbolli yoshlarning taqdirida muhim bosqich bo‘lgan muqaddas dargohdir.

14.04.2026